Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 31 yanvar kuni Andijon mashinasozlik institutining anjumanlar zalida yig’ilish o’tkazildi.

Ushbu yig’ilishni O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov olib bordi. Yig’ilishda Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektor N.Ikromov, Fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo’lim boshliqlari qatnashdilar.

Yig’ilishda so’z olgan o’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonov 2017-2018 o’quv yilining baxorgi semestri uchun dars javali tayyor bo’lganligini aytib, fakultet dekanlari va kafedra mudirlaridan mazkur dars jadvalini barcha professor—o’qituvchilarga yetkazishni so’radi.

Marketing bo’limi boshlig’i N.Ibragimov 2018-2019 o’quv yilining qabul kvotasi bo’yicha so’zga chiqib, Iqtisodiyot vazirligiga sirtqi bo’lim va yangi yo’nalishlarni ochish bo’yicha bitirtiruvchi kafedralar tomonidan qo’shma korxonalarning extiyojlarni o’rganish va ularni to’plash zarurligi bo’yicha o’z fikrlarini aytib o’tdi.

ARM direktori R.Mamatov barcha kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ta’lim yo’nalishlari bo’yicha fanlarning o’quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasiga to’xtalib o’tdi va bir hafta muddatda kafedralar tomonidan har bir fanni adabiyotlar bilan ta’minlanishini o’rganib javobini berishni so’radi.  

O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov barcha fakultetlar, bo’limlar, kafedralar PQ-2909 va PQ-3151 qarorlari hamda  2017-2030 yillarga rivojlanish dasturidan kelib chiqib,  har oyda qilingan ishlar bo’yicha xisobotni monitoring va ichki nazorat bo’limiga topshirish zarurligini bildirdi.

Bitirtiruvchi kafedralarga talabalar amaliyoti  bu semestrdai boshlanishini aytib amaliyot ob’ektlari bilan shartnomalar tuzish va amaliyot dasturlarini ishlab chiqish zarurligini bildirdi.

YAnvar oyida institutni o’rgangan  ishchi guruh xulosasiga asosan MYAMT kafedrasi mudiri Z.Madaminovga  ko’rsatilgan kamchiliklar bo’yicha konkret topshiriqlar berildi.