Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2017 yil 30 yanvar kuni institutning asosiy binosi tadbirlar zalida O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Ozod va obod Vatanga baxshida umr” mavzusida tadbir tashkil etildi.

      Tadbirda O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashi raisi o’rinbosari Sh.Aripjonov, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, deputatlik guruhi rahbari I.Aminovlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning hayoti, mustaqillik yillarida olib borgan islohotlari, bunyodkorlik ishlari, yoshlarga qaratgan e’tibori va qoldirgan boy ma’naviy merosi to’g’risida fikrlar bildirildi.

        Tadbir davomida institut talabalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 80 yilligi munosabati bilan tayyorlangan videoroligi namoyish etildi hamda institutning yuqori natijalarga erishayotgan 2 nafar iqtidorli talabalari Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining va 3 nafar talabalar O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar. Bayramona va ko’tarinki ruhda tashkil etilgan tadbirda jami 210 nafar talabalar hamda 40 dan ziyod professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.