Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

30 yanvar, bu kun butun yurtimizda o’zgacha quvonch va xotiralar bilan yodga olinadi va eslanadi. Darhaqiqat, bu  sanada millatimiz tarixida o’chmas iz qoldirgan, buyuk davlat arbobi, yetuk siyosatchi, birinchi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov tavallud topgan. Barcha joylarda bo’lgani singari, Birinchi Prezidentimizning tavallud kuni Andijon mashinasozlik institutida ham ko’tarinki ruhda tashkil etildi.

Tadbirda institutning professor-o’qituvchilari, talabalar, O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Institut BTning faollari ishtirok etdilar.

Institutning “Mashinasozlik” fakultetida o’tkazilgan tadbirni fakultet dekani M.Qo’chqarov ochib berar ekan, birinchi prezidentimizning bosib o’tgan yo’llari, ayniqsa, mustaqillikning dastlabki yillaridagi qiyinchiliklarda Birinchi Prezidentimizning ko’rsatgan ulkan jasoratlari to’g’risida ta’kidlab o’tdi.

Tadbirda «O’zbekiston tarixi» kafedrasi professori U.Abdullaev so’z olib, O’zbekistonni dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirishi, xalqimiz farovonligini yanada oshirish, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro’si va nufuzini yuksaltirishda Birinchi Prezidentimizning mehnatlari ulkan ekanligini gapirib o’tdi. Shuningdek, ustoz tomonidan yoshlarni aynan, birinchi prezidentimizdek, fidoiy, mard eng asosiysi vatanparvar bo’lishlari kerakligi to’g’risida fikrlari ta’kidlandi.

Yig’ilish davomida “Mashinasozlik” fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari R.Otaxonov, MSMSM kafedrasi mudiri M.Sattarov, institut ma’naviyat-ma’rifat bo’limi rahbari M.Xoliqovalar ham so’z olishib, mustaqil O’zbekiston asoschisi Islom Karimov hayoti va bosib o’tgan yo’llari, buyuk davlat arbobining jasorati va fidoiyligi, ilm-fan taraqqiyoti yo’lidagi qilgan ulkan ishlarini yodga olidilar.

Tadbirda institutning 1-kurs talabasi R.Xamidjonovning birinchi prezidentimizga bag’ishlab yozgan “Siz qalbimizdasiz” nomli she’ri zo’r hayajon bilan tinglandi.

Tadbir so’nggida institut Yoshlar ittifoqi BT tomonidan tayyorlangan birinchi prezidentimiz hayoti va bosib o’tgan yo’li, yoshlarni mard, jasur va vatanga fidoiiy bo’lishga undovchi video rolik namoyish etildi.

 

 

X.Vasiev – Andijon mashinasozlik instituti,

matbuot va axborot xizmati xodimi ma`lumoti