Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Inson tug’ulibtiki taqdirning yozgan qismatidan qochib ketolmaydi, Olloh suygan ezgu niyatli, yaxshi insonlar borakan, yomon g’arazli odamlar o’z maqsadiga yetolmas.

Biz shu mustaqqil yurtda, erkin inson bo’lib tug’ulishimizga katta hissa qo’shgan, qolaversa teng qurlarimiz butun O’zbekiston kelajak yoshlarining hayot yo’lida o’chmas iz qoldirgan, bizga mustaqil yurtni in’om qilgan buyuk inson O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovdir.

Xalqini mehrini qozongan inson haqida kimdan so’rasangiz yuzida tabassum bilan mening otam “xalqning otasi” deya yurakdan to’lib toshib gapirishar ediki, bu inson xalqining har birini hayotida muhim iz qoldirganiga amin bo’lasiz. Bundan tashqari boshqa davlatlarning fuqarolari, san’at va madaniyat arboblari, davlat rahbarlarini u inson haqida iliq va samimiy fikrlarini eshtib fahr tuyg’usini his qilasiz bu mening yurt boshim edi deb baralla aytasiz.

Islom Karimov mustabit tuzim, ya’ni mamlakatimizning eng og’ir murakkab burulish davrida unga yetakchilik qilishda o’zida kuch topa olgan va uzoq madaniyatga ega bo’lgan vatanimizni hurlikka yetaklagan davrlari, mamlakat tinchligi va osoishtaligi yo’lida amalga oshirgan ishlari, O’zbekistonni hech kimdan kam bo’lmagan davlatga aylantirishi qolaversa bugungi yoruq kunlarga erishimizdagi sobiqqadamligi va hayot yo’li, ma’tonati, jasorati haqida o’z fikrlarimni bayon qilishni niyyat qildim. U insonni judayam ko’plab kitoblarini sevib  mutola qilgan holda o’zim uchun nimadur olishga, o’rnak olishga harakat qilaman va Islom Karimov haqida yozilgan xorijiy adiblarning ham fikrlari va kitoblarini o’qib tushungan holda bevosita bu umrni “Xalq uchun baxshida umr” deb atagan bo’lardim.

Xalqimiz o’zining qisqa muddat- 25 yilda erishgan barcha yutuq va marralarnini haqli ravishda aynan Islom Karimov nomi bilan bog’laydi va bu ulug’ ma’naviy, jasoratli insonning beqiyos xizmatlari deb biladi.

Bularning bari oddiy emas, chunki bu inson buyuk ishlar uchun dunyoga kelgan inson.

1938 yil tinimsiz qatag’on davri O’zbekiston xalqini ham cheklab o’tmagan. Samarqandda Sanobar aya va Abdug’ani Karimovlar oilasida bizning birinchi yurtboshimiz dunyoga keldi. Unga muborak dinimizni anglatuvchi nom ISLOM deb ism qo’ydilar. Islom Karimov oddiy hizmatchi oilasida tug’ulgan yettinchi farzand edi, bolalik yillari urush yillariga to’g’ri keldi, o’smirligi esa urushdan keyin og’ir davrda o’tdi. Kim o’ylabti deysiz bolalikda birga o’ynab katta bo’lgan do’stlari oralaridan bittalari O’zbekiston taqdirida muhim tarixiy ro’l o’ynashini va ularni birinchi prezidenti bo’lishini bilganmidilar?

Islom Karimov qiyinchiliklar oldida cho’chimaslik qobilyatiga ega edi unda, eng asosiysi u bolaligidanoq o’ziga ishongan. Oradan qancha suvlar oqib o’tdi, hozirda o’zi nomi berilgan Islom Karimov nomidagi Toshkent politexnika va Toshkent xalq xo’jaligi oliygohlarini tamomlagan. Birinchi ish faoliyatini ToshSelMash zavodida bir yildan so’ng esa, Aviazavodda usta yordamchisi vazifasidan yetakchi muhandis lavozimigacha bo’lgan yo’lini bosib o’tdi, Islom Karmov e’tiborga tusha boshladi, o’zini ishga to’la safarbar etar va atrofdagilar nazarida yangilik qidiryotgandek edi. Islom Karimovning iqtisodga qiziqishlari Davlat rejalashtirish qo’mitasiga olib keldi, qarib yetti yil ichida ilmiy bo’lim bosh mutaxassisligidan 1983- yilda O’zbekiston moliya vaziri lavozimigacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. Sovet davrida O’zbekiston Rossiyaning kuchli madaniy-iqtisodiy va siyosiy ta’siri ostida edi, Tarix shundan dalolat beradiki, sovet rahbaryatining xoh u qattiqqo’l konservator (Stalin, Brejnev) bo’lsin, xoh islohotchi (Xrushchyov) deb ta’riflansin, O’zbekistonga nisbatan siyosati bir – biridan katta farq qilmagan. Moskva O’zbekistonni Sovet Ittifoqining xomashyo ba’zasiga aylantirish va o’zbek xalqining milliy va diniy qadiryatlariga qarshi qaratilgan aniq rejaga ega edi. Islom Karimov yaxshi bilardi, Moskva O’zbekistonning faqat bitta qishloq xo’jaligi mahsuloti – paxta ishlab chiqarishga qaror qilgandek edi, maqsad sari shunday intilishi, sobitqadamligi va kasbiy mahorati 1986- yili uni Davlat plani raisi va shu bilan bir vaqtning o’zida hukumat raisining o’rinbosari lavozimiga loyiq ekanini isbot qildi. O’sha davrda O’zbekiston paxta yetishtirish bo’yicha yetakchilardan biri bo’lishiga qaramay, mehnatkash xalq ushoqlargagina ega bo’lar edi halos. Bu nuqtai nazar Islom Karimovni halol inson sifatida, bunga toqat qilolmasdi va o’sha paytlarda partiya doxiylari bilan ziddiyatga olib kelishini taqazo etgan. Islom Karimovni Toshkentda qolishi ma’qul emasligini, uni viloyatga jo’natish kerak taklifini siyosiy byuro’ga kiritishdi. Islom Karimov o’sha davrdagi O’zbekistonning ancha orqada qolgan va qaloq hududi bo’lgan Qashqadaryo viloyatiga hokim qilib jo’natishgan. Kunni – tunga, tunni – kunga ulab tinimsiz harakatlar tufayli o’sha davrda “paxta ishi” deb nom olgan siyosat balosiga qolgan Qashqadaryoliklar o’zini asta-sekin tiklay boshladi. Islom Karimov sezish va insonlarni bilish qobilyati, unga eng qiyin vaziyatdan ham chiqib ketish yo’lini ko’rsatardi, natijada qanday ish yurutishni bildi, doim o’z kasbini ustalariga tayandi.

80- yillar oxiri, 90- yillar boshida O’zbekiston ham umumittifoq inqirozi domiga tortilgan edi, xalq chorasiz ahvolda qolgandi va o’z najodkorini kelishi umidida kun kechirardi. Kengash Islom Karimov nomzodini Respublika rahbarligiga berdi, bir so’z bilan aytganda xalqimiz ertangi kuniga umid uyg’ondi.

Islom Karimov besaromjon yillarda respublikaga rahbarlik qilishdan cho’chimadi. Respublika rahbari mamlakat iqtisodiy mustaqillikka erishmasdan turib siyosiy mustaqillikka erisha olmasligini yaxshi bilgan, shuning uchun butun dunyoda rivojlanishning o’zbek modeli deb tan olingan beshta tamoyilga asoslangan islohotlar dasturini ishlab chiqqan, natijada respublika o’zini tiklay boshladi shu o’rinda Islom Karimovni ibratli so’zlari yodimga tushadi.

  “Mustaqilligimizga erishish uchun ancha ancha qovun pishig’i bor, qancha azoblar bor, qancha qurbonlarni berish kerak, qancha aytaylik sinovlardan o’tishi kerak, bitta narsani tushuninglar kim o’z hohishi bilan homashyoni tekinga sotib beradigan davlatni, respublikani kim o’z qo’li bilan topshiradi? Mustaqilligini kim? Bormi tarixda bunaqa narsa? – yo’q, bo’mediyam. Ertaga oltinimiz o’zimizniki bo’lsa, paxtamiz o’zimizniki bo’lsa, hamma boylik, hamma qazilmalarimiz o’zimizniki bo’lsa mana ko’rasiz salom berib hammasi keladi. Bizlar bilan bundan keyin muloqot boshqacha bo’ladi.”

  1989- yil fevral voqealariga ham e’tiboringizni qaratmoqchiman. Farg’onada ikki millat mojarosi tufayli ommaviy qo’zg’alonlar boshlandi, uzbeklar va masxiting turklari o’rtasida urush oqibatida qanchadan qancha uylar yonib ketdi, qanchadan-qancha begunoh insonlar halok bo’ldi, natijada vaziyat qo’ldan chiqa boshladi. Islom Karimov kabinetda o’tirib emas, o’sha joyni o’zida bartaraf qilgani Farg’onaga keldi va muammoni bartaraf etib, odamlardagi ishonchni uyg’ota oldi. Vaziyat asta-sekin yumshay boshladi. Shu yilning o’zida Islom Karimov yana bir jasorat ko’rsatdi. Bu O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishidir.

Farg’onadagi voqealardan so’ng 90- yillar boshida Toshkentning Bo’ka va Parkent tumanlarida och-nahor, alamzada xalqning qo’zg’alonlari yuzaga keldi. Islom Karimov Respublika rahbari sifatida, voqealar olovini o’chirdi. Yoz oylariga kelib, necha asrlik qon-qarindosh bo’lmish, qo’shni Qirg’iziston bilan chegaradosh O’sh va O’zgan shaharlarida o’zbeklar va qirg’izlar o’rtasida qonli to’qnashuv yuzaga keldi. Bu qabohat olovida necha minglab begunoh insonlar xalok bo’ldi. Islom Karimov bu ikki millat to’qnashuvini kuchayib ketishini oldini oldi, yana bir bor o’zini jasoratli va oqil rahbar ekanligini isbotladi.

 Xalqi, vatani uchun jon kuyar inson ortidan xalq ergashdi. Islom Karimov Sovet ittifoqi tugatilishini oldindan bilgandek o’z vatanini necha yillik hurlikka erishish orzusi deb bilgan.1991 yil 31 avgust O’zbekiston tarixida yangi sahifa ochildi. Tarixiy manbalarni ko’zdan kechirsak, ommaviy axborot vositalari tomonidan tasvirga olingan Oliy majlisning navbatdan tashqari VI- sessiasida Islom Karimov tomonidan “Men shu bugundan e’tiboran 1 sentyabrni jumquryatimizda Mustaqillik kuni, umumxalq bayrami deb e’lon qilaman” degan so’zlarini televideniya orqali har yili biz uchun aziz bo’lgan mustaqillik kunimizda ko’rar ekanman hali hamon bu so’zlardan ta’sirlanaman va bu jasoratni shunday tasvirlayman. Ona dunyoga birgina chaqalog’ini keltirar ekan, Islom Karimov esa millionlab xalqi bo’lmish vatanini mustaqillikka erishtirdi.

Islom Karimov mustaqillikning ilk kunlaridan mustaqillikni mustahkamlash uchun demokratik talablar va xalqaro mezonlarga to’la javob beradigan natijali ishlar qildi, birinchi bo’lib vatanimizning milliy iftixori va g’ururi bo’lmish bayrog’imizi o’zi muallifi bo’ldi. Shu joyda bir xorijiy adibni bizning bayrog’imiz haqidagi fikrlarini aytmoqchiman. Dunyodagi ayrim bayroqlar – faqat shonli o’tmish ramzi, xolos. O’zbekiston bayrog’i – buyuk kelajak ramzi hamdir. U faqat ota – bobolar bayrog’i emas, balki yana ham ko’proq darajada – bolalar bayrog’idir. Bolalar bayrog’i bo’lganda ham hamma bolalarning – hali tug’ulmagan kelgusi naslning ham bayrog’idir. U kelajakda yaxshi kunlarning darakchisidir. Yillar o’tadi, shunda o’zbeklarning yangi avlodlari Mustaqillik kunida O’zbekistonning hilpirab turgan bayrog’iga faxrlanib boqar ekan, ba’zan ko’zlariga qalqib chiqqan sevinch yoshlarini yashirmaydi. Bu fikrlarga qo’shimcha qilgan holda men bayrog’imizni tinchlikni, halollikni, sadoqat va go’zallikni aks ettirgan ranglar uyg’unligi deb bilaman. Islom Karimov bu bilan cheklanib qolmadi 92- yillarda milliy gerbimiz va madhiyamizni, shu yilni o’zida o’zi boshchiligida milliy qomusimiz bo’lmish O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. O’zbekiston  Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo’ldi, deyarli barcha nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, uyushmalarga qabul qilindi.

  U mustaqillik yillarida markaziy hokimyatni va joylardagi bo’g’inlarini isloh qilish, jamiyatimizning ko’p ming yillik ma’naviyatini qaytarish va o’stirish, qonun ustuvorligi birinchi o’rindaligi, bunda davlat bosh islohatchi rolida ekanligini, milliy valyutamiz yaratilishi, qazilma boyliklarimizni davlatimiz o’zi idora qilishi natijasida oltin, gaz, neft va neft mahsulotlari qazib olish sur’atlari keskin oshirilishi, puxta o’ylangan dastur asosida bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish natijasida hech qaysi davlatdan qarzdor bo’lmagan davlatga aylantirilishi, avtomobilsozlik sanoati barpo etilishi, ijtimoiy muhtoj qatlamlarga e’tibor kuchaytirilishi, paxta va g’alla mahsulotlari endilikda o’zimizda modernizatsiya qilinishi, qo’shni davlatlar va uzoq sharq va g’arb mamlakatlari bilan ham hamkorlik shartnomalari o’rnatilishi bularning barchasi 5 ta tamoyilni o’z ichiga olgan ya’ni o’zbek modeli deb e’tirof etilgan islohatli ishlar amalga oshirildi. Hududiy yaxlitlik, sarhadlari ximoya qilishga qodir milliy armiya, qurolli kuchlarimizni shakllantirish, ichki xavfsizlikka katta e’tibor qaratdi va rahbarlik qildi. Buning natijasida hozirga kelib qurolli kuchlarimiz MDH davlatlari orasida ikkinchi o’rinda ekanligi buning yaqqol misolidir.

Islom Karimov o’z prinsipiga doim sodiq bo’lgan, adolatsizlikka qarshi kurashgan hamisha ilg’or fikrlarni ilgari surgan va oldiga qo’ygam maqsadiga erisha oladigon shaxs sifatida dunyoda ta’riflanadi. Inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirdi. Islom Karimov xalqaro uchrashuvlarda global muommoga aylanib borayotgan terorizm, narkobiznes va odam savdosiga qarshi barcha davlatlar birgalikda, hamjihatlikda kurashimiz kerak deb ta’kidlardi.

  Islom Karimov O’zbekiston yoshlarini millatidan qat’iy nazar o’z farzandidek suygan va katta e’tibor qaratgan. Mustaqillik yillarida yosh kadrlarni tayyorlash va yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish qonuni imzolanganligi buni natigasida biz yoshlarga hech qaysi davlatda yo’q 12 yillik bepul ta’lim olishimiz misol bo’ladi. Yoshlarni ma’nan, intelektual hamda jismonan yetuk bo’lib voyaga yetishlari uchun uch bosqichli sport o’yinlari tashkil etilishi, o’qib izlanishi, iqdidor hamda salohiyatini dunyo miqyosida namoyon etishlari, Yoshlarning iqtidorini va iste’dodini qo’llab quvvatlash maqsadida joriy etilgan “Zulfuya” nomidagi davlat mukofoti, “Navoiy”, “Beruniy”, “Prezident” va ko’plab stipendiyalar, “O’zbekiston” belgisi ko’krak nishoni, “Nihol” davlat mukofoti kabi rag’batlar ta’sis etildi. Biz yoshlar televidiniya orqali qaysidur hamyurtimiz sport yoki san’at orqali O’zbekisron sharafini ko’klarga ko’tarsa, Islom Karimov prezident sifatida emas xalq otasi sifatida otalarcha quchoqlab ko’klarga ko’tarar, biz yoshlar buni ko’rib meni ham bir kun prezidentim quchoqlaydi, fahrlanadi degan maqsad bilan marralarga erishishni niyyat qilar edik.

2016- yil 2- sentyabr O’zbekiston xalqi og’ir judolikka uchradi, o’sha kunni hech unutolmayman, televizor orqali yangiliklarda Barchamiz uchun qadrli bo’lgan prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov vafot etganini e’lon qilar ekan, ko’zlarim yoshlangan holda otamdan ayrilgandek his qildim. Erta tongdan o’zbekiston xalqi prezidentini emas balki o’z otasini so’ngi yo’lga kuzatish uchun yig’ildi. Ular ichida men ham bor edim. Barcha qo’lida gul ko’zlarida esa yosh bilan O’zbekiston poytaxti bo’lgan Toshkent shahri so’ngi bora prezidentini safarga jo’natdi va orqasidan Oxiratingiz obod bo’lsin, deb duo qildi.

O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov 78 yoshida vafot etdi, vasiyatiga ko’ra tug’ilib-o’sgan shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga ko’ra dafn etildi.

Islom Karimov doim meni bolalarim, deb biz yoshlarga qarata umid uchqunini yoqqan inson sifatida xotiramizda abadiy qoladi, doim birinchi bo’lishga va jamiyatimiz uchun naf keltiradigan inson bo’lishga, sizning muallifligingiz asosida yaratilgan milliy bayrog’imizni ko’klarga ko’tarishga, orzuyingiz bo’lgan davlatimizni buyuk davlatlar qatoriga qo’shilishiga biz yoshlar va’da beramiz va bunga doim tayyormiz.

Xalqiz unutmaydi, biling hech qachon,

Barchasi uchun rahmat otajon.

  

Asadullaev Asadullo Saadulla o’g’li

“Avtomatika va elektrotexnika ” fakulteti

TJICHAB yo’nalishi 2-bosqich 219-16 guruh talabasi.