Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

“GM-Uzbekistan”  AJ korxonasining Xodimlarni boshkarish direktori F.K.Xalilov, Xodimlarni boshqarish direktsiyasining tashkiliy rivojlantirish bo’linmasi boshlig’i SH.YUldashev,  Xodimlarni boshqarish direktsiyasining tashkiliy rivojlantirish bo’yicha bosh metodisti  M.Ishankulovlar bilan 2018 yil 18 yanvar kuni institutda iqtidorli talabalar bilan uchrashuvi o’tkazildi.

Uchrashuvda Institut rektori U.R.Salomov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151 qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida institut va   “GM-Uzbekistan”  AJ o’rtasida olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.

“GM-Uzbekistan”  AJ korxonasining Xodimlarni boshkarish direktori F.K.Xalilov,  institut talabalarini “GM-Uzbekistan”  AJ korxonasiga ishga qabul qilish tartiblari xususida to’xtaldi.

Xodimlarni boshqarish direktsiyasining tashkiliy rivojlantirish bo’linmasi boshlig’i SH.YUldashev,  Xodimlarni boshqarish direktsiyasining tashkiliy rivojlantirish bo’yicha bosh metodisti  M.Ishankulovlar  “Iqtidorli talabalarni rivojlantirish” dasturi asosida olib borilayotgan o’quv mashg’ulotlarini yanada jonlashtirish bo’yicha o’z fikr-mulohalarini bildirib o’tdilar.

Uchrashuvda talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollari bilan faol qatnashdilar.