Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       Institutni tamomlayotgan bitiruvchilarga turli korxona va tashkilotlardan buyurtmalar kelib tushmokda. Bitiruvchilarni ishga taksimlashda respublikamizning barcha xududini qamrab olish, yuqori malakali mutaxassislarga extiyoji bor korxonalarning talablarini qondirish va bitiruvchilarga taqsimot jarayonida tanlash imkoniyatini kengaytirish maqsadida institut tomonidan buyurtmalar qabul qilish davom etmoqda. Institutni tamomlayotgan kadrlarga extiyoji mavjud korxona rahbarlari talabnoma hamda surov xati bilan 2018 yil fevral va mart oylarida institut rektori va marketing bo’limiga murojaat etishlari mumkin. Talabnomada buyurtmachining rekvizitlari (pochta manzili, telefon) hamda taklif etilayotgan lavozim to’g’risidagi malumotlar to’liq ko’rsatilishi lozim. SHuningdek, mutaxassislarga extiyoji bor barcha korxona va tashkilotlarni bitiruvchilar bilan bevosita suxbat o’tkazish, ishga tanlab olish hamda shartnomalar rasmiylashtirish uchun 2018 yil fevral va mart oylarida taklif etamiz. Bitiruvchilar to’g’risidagi batafsil ma’lumot bilan quyidagi jadvalda ko’rishingiz mumkin.