Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik institutida 2018 yil 17 yanvarda O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.M.Ermatov, Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor S.A’zamov, “Mikrokreditbank” ATB O’quv Markazi direktori o’rinbosari A.Abdurazzaqov va viloyat filiali boshlig’i o’rinbosari I.Kuchkarov tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-3151-son Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 avgustdagi “Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliyaviy yordam ko’rsatish, yangi ish o’rinlari tashkil etish va kam ta’minlangan oilalarga mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatishni nazarda tutadigan loyihalarni moliyalashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 665-son-qarorlarining mazmun mohiyati institut talabalariga va seminar qatnashchilariga tanishtirildi

O’tkazilgan ushbu yig’ilishda tadbirkorlik qilish uchun keng imkoniyatlar yaratilganligi haqida “Mikrokreditbank” ATB viloyat filiali boshlig’i o’rinbosari I.Ko’chqarov, tadbirkorlik faoliyatini boshlayotganlarga boshlang’ich kapitalini shakllantirish uchun mikrokreditlar ajratishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirish, ishga joylashmagan aholi va talabalarni bandligini ta’minlash, institut talabalarining tadbirkorlik bilan shug’ullanish istagida bo’lgan bitiruvchilarning loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari haqida seminarda yig’ilgan ishtirokchilarga ma’lumotlar berildi. Seminar ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar va kerakli ma’lumotlarni oldilar.