Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik institutida 2017 yil 21 fevral kuni “Islom Karimov – O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti va Buyuk davlat arbobi” mavzusida vazirlik miqyosida ilmiy-amaliy anjumani o’tkazilishini ma’lum qilamiz.

            Ilmiy-amaliy anjuman o’tkazilishidan maqsad: Mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 25 yanvardagi PQ-2744 sonli “O’zbekiston Respublikasi Islom Abdug’aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to’g’risidagi” Qarorining ijrosini ta’minlash, muhtaram Islom Karimovning boy hayot yo’li, yurtimiz ravnaqini ta’minlashdagi katta tashkilotchiligi, mustaqilligimizni mustahkamlash yo’lidagi mehnatini maqolalar, tezislar hamda taqdimotlar ko’rinishida aks ettirish va shu orqali yoshlar qalbida ona Vatanga muhabbat, mustaqilligimizga sadoqat tuyg’ularini shakllantirishdan iborat.

Ilmiy-amaliy anjumanning yo’nalishlari:

  • gumanitar yo’nalishlar;
  • iqtisodiy yo’nalishlar;
  • aniq va tabiiy fanlar yo’nalishlari;
  • texnika yo’nalishlari.

Anjumanda qatnashish uchun oliy ta’lim muassalarining professor-o’qituvchilari, ilmiy xodimlar, nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari hamda magistrlar va talabalar taklif etiladi.

Taqdim etiladigan maqolalarni rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablar:

Taqdim etilayotgan material TimesNewRoman tahririda 3-5 betgacha bo’lgan hajmda A4 formatdagi qog’ozga rasmiylashtiriladi. Qog’ozning hoshiyalaridagi o’lchamlari: chapdan – 3 sm, o’ngdan – 1,5 sm, yuqori va pastdan- 2 sm. Abzats uchun 1 sm qoldiriladi. Matn – eni bo’yicha tekkislangan (po shirine) bo’lishi kerak. Qatorlar orasida: 1,5 interval.

Ma’ruzaning nomi markazga kichik qoraytirilgan shriftlar bilan yoziladi. Keyingi qator o’tkazib yuboriladi. Keyingi satrdan muallifning FISH, ilmiy darajasi va unvoni yoziladi. Ularning tagiga qator qoldirmasdan kichik harflarda tashkilotning to’liq nomi yoziladi. Keyingi qator o’tkazib yuboriladi va keyingi qatordan maqolaning matni yoziladi. Tashkiliy qo’mita tomonidan materialni olgandan keyin 2 kun ichida muallifning elektron pochtasiga tasdiqlovchi xat yuboriladi.

Anjumanning ishchi tillari: o’zbek, rus va ingliz.

Barcha maqolalar muallifning tahriri bo’yicha chop etiladi. Tashkiliy qo’mita taqdim etilgan materiallarning to’g’riligi bo’yicha  javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.

Maqolalar 2017 yil 12 fevraliga qadar anjumanning tashkiliy qo’mita elektron manzili andmi_uzhistory@umail.uz, andmi_uztarix@umail.uz orqali qabul qilinadi. Murojaat uchun telefon raqamlari: +998902174155, +998934255584.

Anjumanning tashkiliy masalalarini hal etish uchun maqolanng har bir sahifasi uchun 30000 so’m miqdorida mualliflik to’lov badali belgilangan. Plastikda “KLIK” to’lov uchun: 8600332994288953.

Rekvizitlar: Oluvchining nomi MB, BB, HKKM Toshkent sh., h/r 23402000300100001010, MFO 00014 STIR 201122919. To’lov badali uchun: SHXV 400110860034017950100079001, Andijon mashinasozlik instituti, INN 202525534.