Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari Xotin-qizlar qo`mitasining raisi T.Narbayevaning 2017 yil 27 oktyabrdagi 04/1371-10-sonli xati bilan yuborilgan O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, O`rta maxsus kasb-hunar ta`limi markazi, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi  bilan hamkorlikda tasdiqlangan ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan yosh qizlarning, bo`lg`usi kelin, rafiqa hamda ona bo`luvchi qizlarning odob-ahloqini yuksaltirish, ularga nutq, muomala madaniyatini o`rgatish maqsadida har haftada talaba qizlar bilan o`qituvchi ayollardan tuzilgan ishchi guruh birgalikda davra suhbatlarini olib bormoqdalar.

 

Navbatdagi davra suhbati talaba qizlar istiqomat qiluvchi yotoqxonada o`tkazildi. Davra suhbatidan oldin ularni yotoq joylari ko`zdan kechirilib, dars xonalarida shug`ullanayotgan qizlar bilan ham suhbatlashdik. Talabalar yotoqxonasida barcha sharoitlar mujassam ekanligidan ular mamnunliklarini bildirdilar.  Davra suhbatida institut Xotin-qizlar qo`mitasi raisi R.Yusupova, MPP kafedrasi mudiri X.Haydarova, Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Hojimuxammedovalar qatnashdilar. Davra suhbatida talaba yoshlarga kiyinish madaniyati, nutq madaniyati, muomala madaniyati, shuningdek yoshlar orasida yuz berayotgan salbiy voqealarni oldini olish borasida suhbatlar olib borildi. Talaba qizlarni qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblar berildi.

     Qishki sessiya yakulangach iqtidorli qizlar to`garaklarni kengaytirish maqsadida  bichish-tikish, to`qish, turli xildagi bezaklarni tayyorlash, sport, san`at yo`nalishi, pazandachilikning yangi sirlaridan xabardorlari kam emasligini  aytib, barcha yo`nalishlardan to`garaklarni kengaytirib, institutdagi barcha qizlarni taklif qilish istagini bildirdilar.