Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Mashinasozlik fakulteti, Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti kafedrasi tashabbusi bilan 2017 yil 16-17 yanvar sanasida MSMSM yoʻnalishi talabalari uchun oʻquv seminari oʻtkazildi. Seminarda Oʻzbekistnda xizmat koʻrsatgan ixtirochi va ratsionalizator, SOOMET xalqaro tashkilotining xizmat koʻrsatgan metrologi, Rossiya Metrologik akademiyasi, Ukraina texnologik akademiyasi, Ukraina metrologiya akademiyasi akademigi t.f.d., professor Xakimov Ortogali SHaripovich ishtirok etdi. Seminar mavzusi “Oʻzbekiston Respublikasi Etalonlar markazi” va “Metrologiyaning zamonaviy muammolari”.

     Professor O.Xakimov etalonlar bazasi va oʻlchashlardagi noaniqlik nazariyasi boʻyicha seminar ishtirokchilariga Oʻzbekistondagi mavjud holatlar haqida maʻlumotlar berdi. Seminar talabalar bilan savol-javob tarzida yakunlandi.

Oʻquv seminarida kafedra professor-oʻqituvchilari hamda MSMSM yoʻnalishi 1-, 3-kurs talabalari qatnashdilar.