Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Jaxon banki tomonidan elon qilingan “Akademik innovatsiyalar fondi” granti tanlovida qatnashish uchun tayyorlangan loyihalar institutda 2018 yil 13 yanvar kuni ko’rib chiqildi.

Ma’lumki, “Akademik innovatsiyalar fondi” granti 4,0 mln. AQSH dollariga teng bo’lib, 2 turdan iborat bo’ladi – xar bir turga 2,0 mln. AQSH dollari miqdorida grant ajratiladi (200 ming AQSH dollari teng loyihalar tavsiya qilish mumkin). OTM lar faqat ikkita loyiha bilan katnashish mumkin.

SHuning uchun institutda Rektor boshchiligida tuzilgan koordinatsion guruh topshirilgan loyihalar taqdimotlarini ko’rib chiqdi. Taqdimotda “Metrologiya, standartlashtirish, va mahsulot sifati menejmenti”, “Mashinasozlik texnologiyasi”, “Texnologik mashinalar va jihozlar”, “Avtomobilsozlik”, “Er usti transport tizimlari” va “Axborot texnologiyalari” kafedralari loyihalari asosida institut loyihasini ishlab chiqish bo’yicha kelishib olindi.