Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      2018 yil 13 yanvar kuni 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Andijon shahrida joylashgan 45605-sonli harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari doirasida institutning iqtidorli va iste’dodli talabalari ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.

      Bayram tadbiri avvalida institut talabalari Andijon shahar 45605-sonli harbiy qismning qurol-aslahalar va harbiy texnikalar bilan qay darajada jihozlanganligi, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

      Tadbirning badiiy qismida Andijon shahar 45605-sonli harbiy qismda yigitlik burchi o’tayotgan askarlar uchun institutning bir guruh iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi.

      Bayram tadbirida institutning 180 dan ziyod talabalari hamda 130 nafar askarlar ishtirok etdilar. Tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.