Ishonch raqami: 0(374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       Joriy yilning 11 yanvar kuni soat 10:00da institut faollar zalida barcha prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo’lim boshliqlariga 2018 yil 9 yanvar kuni ADUda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S.Qosimov hamda O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari Q.V.Akmalov ishtirokida o’tkazilgan oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’minlash holati bo’yicha videoselektorda ko’rilgan masalalar va berilgan topshiriqlar ijrosi bo’yicha Rektor U.R.Salomov yig’ilish o’tkazdi.

       Yig’ilishda rektor U.R.Salomov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-2909-son Qarori va 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-3151-son Qarorlari hamda 2017-2030 yillarda institutni rivojlantirish dasturidan kelib chiqib institutda ta’lim sifatini yanada ko’tarish, talabalar davomatini yaxshilash bo’yicha har bir prorektor, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari hamda bo’lim boshliqlariga konkret topshiriqlar berdi.