Ishonch raqami: 0(374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2018 yil 11 yanvar kuni institutning katta anjumanlar zalida 14 yanvar – “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Tinchliginga jonim fido muqaddas Vatanim!” mavzusida tantanali yig’ilish va bayram tadbiri o’tkazildi.

      Tadbir avvalida O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi. Tadbirning tantanali yig’ilishida bayram munosabati bilan institutda faoliyat olib borayotgan 4 nafar baynalminal jangchi professor-o’qituvchilar va ishchi xodimlar rag’batlantirildi hamda tadbirda ishtirok etgan barcha talaba-yigitlarga bayram sovg’alari topshirildi.

       Bayram tadbirining badiiy qismida Andijon shahrida joylashgan 33171-sonli harbiy qism Harbiy vatanparvarlik, ma’naviy tarbiya va yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosar, mayor V.Ibragimov rahbarligida 8 nafar harbiy xizmatchilar o’zlarining jangovor harakatlarini namoyish etdilar.

      Shuningdek, institutning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan tabriklar, musiqiy chiqishlar hamda Andijon shahar Muhammad Yusuf nomidagi “Ona tili va adabiyot” fanini chuqurlashtirib o’qitadigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari tomonidan tayyorlangan bayram dasturlari namoyish etildi.

      Tadbir davomida institutga tashrif buyurgan mehmonlarga institut rektorining tashakkurnomasi topshirildi.

      O’tkazilgan tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, barcha tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.