Ishonch raqami: 0(374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      Andijon mashinasozlik institutida Oliy  va o’rta maxsus ta’limi vazirligining 2017 yil 21 dekabr kungi videoselektor yig’ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Oliy ta’limning o’quv-uslubiy faoliyatini ilg’or xalqaro tajribalar asosida rivojlantirish: ta’lim sifati va samaradorligining uslubiy jihatlari” mavzusidagi seminar mashg’ulotlari davom etmoqda. Seminar mashg’ulotlarida institutning barcha professor-o’qituvchilari ishtirok etmoqda. 2017 yilning 28-30 dekabr kunlari o’tkazilgan mashg’ulotlar 3 yanvardan davom ettirilmoqda.

      Seminar mashg’ulotlarida Amerika oliy ta’lim tizimi (O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q. Ermatov), Pedagog shaxsi psixologiyasi (Muxandislik pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi mudiri X. Xaydarova), O’quv jarayonidagi me’yoriy xujjatlar (O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M. Jo’raxonov), Modulli o’qitish tizimi. Ta’limda elektron xukumati tizimini joriy etish va yuritish (Axborot texnologiyalar bo’limi boshlig’i G’. Parpiyev), “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi” (Ijtimoiy fanlar kafedrasi kafedra mudiri G. Bazarova, professor Q. Muftaydinov, dotsent M. Nazarov), Halqaro izlash tizimidan foydalanish (Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor B.D.Mamajonov), “Erasmus +” doirasida investitsion loyihalar tayyorlash (Halqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Z.B. Jo’raev), Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar (Muxandislik pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi mudiri X. Xaydarova, katta o’qituvchi O. Po’latova) mavzularida ma’ruzalar o’tildi. Ma’ruzalar bilan bir qatorda institut professor-o’qituvchilari kichik guruxlarga bo’lingan xolda Amaliy ingliz tili va Axborot kommunikatsion texnologiyalar bo’yicha amaliy darslarda ishtirok etdilar.

      Seminar mashg’ulotlari yakunida 11 yanvar kuni institut Axborot texnologiyalar markazi kompyuter zalida 214 nafar  professor-o’qituvchilar Prezident asarlari, Oliy ta’lim me’yoriy xujjatlari, Pedagogika va pedagogik texnologiyalar, Innovatsion ta’lim texnologiyalari, Axborot kommunikatsion texnologiyalar va ingliz tili fanlariga oid savollarni o’z ichiga olgan easy Quizzy dasturida tayyorlangan testlar bo’yicha sinov testlarini topshirdilar.