Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      2018 yilning 9 yanvar kuni institutning majlislar zalida O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi hamda “Ixtirochi ayollar” uyushmasi tomonidan yurtimizning iqtidorli Xotin-qizlari o’rtasida ular olib borayotgan ilmiy izlanishlarning holati va darajalarini aniqlash, ixtirochilik va ratsionalizatorlikni keng yoyish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishda ko’maklashish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish va ularni hayotga tadbiq etishning yangi mexanizmlarini yaratish maqsadida “O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” I-respublika tanlovi viloyat bosqichi natijalari asosida saralangan loyihalarni taqdimoti o’tkazildi.

       Tanlovda Andijon viloyatidagi Oliy ta’lim muassasalari, viloyat xalq ta’limi, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalarida faoliyat olib borayotgan Olima ayollar, tadqiqotchi, ixtirochi ayollar va qizlar ilmiy va ijodiy ish namunalari bilan ishtirok etdilar.

       Tanlovda 11 ta nominatsiya bo’yicha 23 ta qatnashchi ishtirok etdi. Viloyat bosqichiga taqdim etilgan loyihalarni ko’rib chiqish bo’yicha ekspertlar kengashi a’zolari va qatnashchilar ishtirokida 11 ta ishtirokchi ushbu tanlovning respublika yo’nalishiga tavsiya etildi.

      Tanlovning viloyat bosqichini o’tkazishda Andijon viloyat hokimi o’rinbosari, Xotin qizlar qo’mitasi raisi M.P.Yunusova, M.Sh.Nizomova, R.Jo’raboeva (shahar xotin-qizlar qo’mitasi raisi), institut rektori U.R.Salomov, Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor B.Mamadjanov, institut Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor N.A.Ikromov, institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, institut BHQQ qo’mitasi, “Olima ayollar” uyushmasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi faol ishtirok etdilar.

      Respublikamizda birinchi marta o’tkazilayotgan olima ayollarning 100 ta innovatsion loyihasi tanlovi olima ayollarimizning jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan g’oyalarini yuzaga chiqarish yo’lida qilingan harakatdir.