Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik institutida Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligining 2017 yil 21 dekabr kungi videoselektor yig’ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Oliy ta’limning o’quv-uslubiy faoliyatini ilg’or xalqaro tajribalar asosida rivojlantirish: ta’lim sifati va samaradorligining uslubiy jihatlari” mavzusidagi seminar mashg’ulotlari davom etmoqda. Seminar mashg’ulotlarida institutning barcha professor-o’qituvchilari ishtirok etmoqda. 2017 yilning 28-30 dekabr kunlari o’tkazilgan mashg’ulotlar 3 yanvardan davom ettirilmoqda.

Seminar mashg’ulotlarida “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi” (Ijtimoiy fanlar kafedrasi kafedra mudiri G. Bazarova, professor Q. Muftaydinov, dotsent M. Nazarov), Xalqaro izlash tizimidan foydalanish (Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor B.D.Mamajonov), “Erasmus +” doirasida investitsion loyihalar tayyorlash (Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Z.B.Jo’raev), Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar (Muhandislik pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi mudiri X. Xaydarova, katta o’qituvchi O. Po’latova) mavzularida ma’ruzalar o’tildi. Ma’ruzalar bilan bir qatorda institut professor-o’qituvchilari kichik guruhlarga bo’lingan holda Amaliy ingliz tili va Axborot kommunikatsion texnologiyalar bo’yicha amaliy darslarda qatnashmoqdalar.