Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       Andijon viloyat hokimligining “Vodiy bo’ylab sayohat” dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

      Chora-tadbirlar rejasiga asosan 2018 yil 4 yanvar kuni fakultet dekani muovini R.Otaxonov rahbarligida Mashinasozlik fakultetining 30 nafar talabalarining Farg’ona viloyatida joylashgan Qo’qon pedagogika institutida hamda viloyatning muqaddas qadamjolaridan biri Xudoyorxon o’rdasiga tashrifi o’tkazildi.

       2018 yil 5 yanvar kuni Avtomatika va elektrotexnika fakultetining 28 nafar talabalari fakultet dekani muovini F.Burxonov rahbarligida Namangan shaxridagi Z.M. Bobur nomida dam olish va istiroxat bog’iga, Kamolot yoshlar istiroxat bog’iga hamda Hotira xiyoboniga va Namangan viloyatining Yangi qo’rg’on tumani Oqtom qishlog’idagi “Axtam Saxoba” ziyoratgohiga hamda 2018 yil 6 yanvar kuni “O’zbekiston tarixi” kafedrasi katta o’qituvchisi A.Marahimov rahbarligida Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining 38 nafar talabalarining Andijon shahrida joylashgan viloyat “Bobur” muzeyiga va “O’lkashunoslik” muzeyiga tashrifi uyushtirildi.