Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Hurmatli talabalar!

30-yanvar O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tavalludining 80 yilligiga bag’ishlab O’zbekiston yoshlar Ittifoqi instituti boshlang’ich tashkiloti institut talabalari o’rtasida tanlov e’lon qiladi.

Tanlov uch yo’nalish bo’yicha bo’lib o’tadi:
1. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning hayoti va faoliyatiga oid eng yaxshi maqola. 
2. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov xotirasiga bag’ishlangan eng yaxshi she’r.
3. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning eng yaxshi surati (qo’l mehnati).

Tanlovda barcha talabalar ishtirok etishlari mumkun.
Tanlov hujjatlarini 15-yanvardan 27-yanvarga qadar O’zbekiston yoshlar Ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti kengashi xonasiga taqdim etishingiz so’raladi.

G’oliblar maxsus diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar.

G’oliblarni taqdirlash 2017-yil 30-yanvar kuni I.A.Karimov tavalludining 80 yilligiga bag’ishlangan tadbirda o’tkaziladi.
Bularning barchasi siz yoshlar uchun. Bor imkoniyatlaringizdan foydalanib iste’dodingizni namoyon qiling.
Shoshiling vaqt juda oz qoldi. Batafsil ma’lumotlarni O’zbekiston yoshlar Ittifoqi institut boshlang’ich tashkilotidan olishingiz mumkin.