Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

28 dekabr kuni institutda 2018 yil yanvar-fevral oylarida qayta tayyorlash va malaka oshrish kurslariga borishi belgilangan institut professor-o’qituvchilari uchun kurslarda o’qish va malaka oshirish davomida faoliyatini samarali bo’lishligini ta’minlash maqsadida seminar o’tkazildi.

Seminarda “Proffessor-o’qituvchilarning malaka oshirish tizimi” (O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q. Ermatov), “Oliy ta’lim normativ – xuquqiy xujjatlari” (O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M. Jo’raxonov), Zamonaviy pedagogik texnologiyalar (Muxandislik pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi mudiri X. Xaydarova), Professor- o’qituvchining portfoliosini shakllantirish (Er usti transporti va tizimlari kafedrasi katta o’qituvchisi U. Xolmatov) mavzularida ma’lumotlar berildi.

SHu bilan birga ma’ruzachilar tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshrish kurslarida o’qishning o’ziga xos jihatlari, o’qish tartibi va baholash mezonlariga oid ma’lumotlar xam berildi.