Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Andijon mashinasozlik institutida Oliy  va o’rta maxsus ta’limi vazirligining 2017 yil 21 dekabr kungi videoselektor yig’ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, o’quvchilarning qishki ta’tilini mazmunli o’tkazish hamda ta’til davrida professor-o’qituvchilar faoliyatini samarali tashkil etish bo’yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

     Ushbu tadbirlar rejasida talabalar ta’tili davrida institut professor-o’qituvchilari uchun “Oliy ta’limning o’quv-uslubiy faoliyatini ilg’or xalqaro tajribalar asosida rivojlantirish: ta’lim sifati va samaradorligining uslubiy jihatlari” mavzusida 2017 yilning  28 dekabr – 2018 yilning 10 yanvar kunlari oralig’ida seminar mashg’ulotlari o’tkazilishi belgilangan bo’lib, ta’til davrini o’z ichiga olgan dars jadvali ishlab chiqilgan.

      Seminar mashg’ulotlarining birinchi kunida institut o’quv ishlari bo’yicha prorektor Q. Ermatov tomonidan Amerika oliy ta’lim tizimi mavzusida ma’ruza, Muxandislik pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi mudiri tomonidan Pedagog shaxsi psixologiyasi mavzusida psixologik trening o’tkazildi. YUqoridagilar bilan bir qatorda institut professor-o’qituvchilari kichik guruxlarga bo’lingan xolda Amaliy ingliz tili va Axborot kommunikatsion texnologiyalar bo’yicha amaliy darslarda ishtirok etdilar.

             Seminarlar davomida O’quv jarayonidagi me’yoriy xujjatlar (O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M. Jo’raxonov), Modulli o’qitish tizimi. Ta’limda elektron xukumati tizimini joriy etish va yuritish (Axborot texnologiyalar bo’limi boshlig’i G’. Parpiyev), Proffessor-o’qituvchilarning malaka oshirish tizimi (o’quv ishlari bo’yicha prorektor Q. Ermatov), Halqaro izlash tizimidan foydalanish (Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor B.D.Mamajonov), “Erasmus +” doirasida investitsion loyihalar tayyorlash (Halqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Z.B. Jo’raev), Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar (Muxandislik pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi mudiri X. Xaydarova) va boshqa mavzularda ma’ruzalar o’tishi belgilangan. Ma’ruzalar bilan bir qatorda institut professor-o’qituvchilari kichik guruxlarga bo’lingan xolda Amaliy ingliz tili va Axborot kommunikatsion texnologiyalar bo’yicha amaliy darslarda doimiy ishtirok etishi belgilangan.