Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi Rayosati majlisining  2017 yil 23 oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil 17 fevraldagi PQ-2789-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda Fanlar akademiyasi raxbariyati tomonidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini o’rganish to’g’risida”gi 108-son bayonining tegishli bandlari ijrosini xamda O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosarining 2017 yil 13 noyabrdagi 03/1-343-sonli topshirig’i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shaxridagi Turin Politexnika universitetida amaliy seminar o’tkazildi.       

            Seminarda institutning Ilmiy ishlar bo’yicha prorektori, yetakchi kafedra mudirlari, “Uzavtosanoat” AK korxonalarining yuqori malakali mutaxassislari, Toshkent shaxridagi Turin Politexnika universiteti, Toshkent Davlat Texnika universiteti, Toshkent avtomobil yo’llarini loyixalash, qurish va ekspluatatsiya qilish instituti, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari ishtirok etdilar. “Uzavtosanoat” AK korxonalari mutaxassislari bilan stend sektsiyasi doirasida muammolar xaqida muzokaralar olib borilib, xamkorlik qilish to’g’risida kelishib olindi. Seminar yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.