Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2017 yil 27 dekabr kuni institutning Avtomatika va elektrotexnika, Mashinasozlik hamda Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti talabalarining Yangi yil bayram tadbiri o’tkazildi. Bayram tadbiri institutning ochiq maydonida tashkil etildi hamda talabalarning bayramona chiqishlari namoyish etildi.

       Yangi yil munosabati bilan institutda tahsil olayotgan 17 nafar iqtidorli va iste’dodli talabalari 2017 yil davomida ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy yo’nalishlarda erishgan yutuqlari munosabati bilan institut rektorining Diplom va Faxriy Yorliqlari bilan taqdirlandilar.

      Tadbirda intitutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori so’z olib, institut rektorining bayram tabrigini o’qib eshittirdi hamda barchani kirib kelayotgan yangi 2018 yil bilan muborakbod etdi.

      Tadbirning badiiy qismi Qorqiz va Qorbobo, institutning iste’doli talabalarining kuy va qo’shiqlari, “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovining Respublika yarim finali ishtirokchisi “Beklar” jamoasining chiqishlari barchada ko’tarinki kayfiyat uyg’otdi.

       Bayram dasturida institutning 3 ta fakultetidan jami 800 nafar talabalar ishtirok etdilar.