Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       Shu kunlarda barchamizning hayotimizda o’chmas iz qoldirayotgan 2017 yil bilan hayrlashib, ezgu qadamlar bilan kirib kelayotgan 2018 yilni ko’tarinki kayfiyat va shodu-xurramlik bilan qarshi olmoqdamiz.

       Fursatdan foydalanib, Vatan mehri bilan yashab, yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hamda yoshlarimizni ta’lim-tarbiya olishlariga va Vatanga bo’lgan mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga o’zining munosib hissasini qo’shib kelayotgan Andijon mashinasozlik instituti professor-o’qituvchilari va ishchi xodimlarini Yangi yil bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.

       Kirib kelayotgan yangi 2018 yilda Ona Vatanimiz obodligi va taraqqiyoti yo’lidagi ezgu, savobli ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz.

       Yana bir bor Sizlarga mustahkam sog’lik-salomatlik, oilaviy baxtu-saodat, Vatanamiz ravnaqi yo’lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar yor bo’lishini tilab qolamiz.

Hurmat va samimiyat bilan, institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi jamoasi.