Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2017 yil 19 dekabr kuni institutning Axborot-resurs markazining o’quv zalida Axborot-resurs markazi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti bilan hamkorlikda o’tkazilayotgan “Yangi yil – yangi marra, yangi maqsad” shiori ostida talabalar haftaligi tadbirlari doirasida institut fakultetlari o’rtasida “Zukko kitobxon” ko’rik-tanlovi o’tkazildi.

       Ko’rik-tanlovda Avtomatika va elektrotexnika fakultetining “Ziyo-nur” jamoasi, Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining “Intelekt” jamoasi hamda Mashinasozlik fakultetining “Intelektual” jamoalari bellashdilar.

       Ko’rik-tanlov natijalariga ko’ra Avtomatika va elektrotexnika fakultetining “Ziyo-nur” jamoasi 1-o’rinni, Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining “Intelekt” jamoasi 2-o’rinni hamda Mashinasozlik fakultetining “Intelektual” jamoasi 3-o’rinni egalladilar va institut rektorining Faxriy Yorliqlari va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.