Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2017 yil 23 dekabr kuni institutning katta anjumanlar zalida institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti bilan hamkorlikda rektor kubogi uchun fakultetlararo “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovi o’tkazildi.

       O’tkazilgan tanlovda institutning Mashinasozlik fakultetining “Bravo” jamoasi, Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining “Ulfatlar” hamda Avtomatika va elektrotexnika fakultetining “A’lo” jamoalari bellashdilar.

       Ko’rik-tanlov natijalariga ko’ra institutning Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining “Ulfatlar” jamoasi g’olib deb topilib, institut rektorining kubogi, Faxriy Yorlig’i va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

       Tadbirda ishtirok etgan jamoalarning namoyish etilgan sahna ko’rinishlari barcha ishtirokchilarga ko’tarinki kayfiyat ulashdilar.