Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      Joriy yilning sentyabr oyida Andijon mashinasozlik instituti qoshida tashkil etilgan Avtomobil maktabining ilk bitiruvchi “B” toifadagi 1-guruh tinglovchilarining 25 nafari 2017 yil 25 dekabr kuni Ichki ishlar Boshqarmasi viloyat Yo’l harakat havfsizligi Boshqarmasida o’tkazilgan nazariy va amaliy Davlat imtixonlarida muvaffaqiyatli qatnashib, 25 nafar tinglovchilarning barchasi Haydovchilik guvohnomalariga ega bo’ldilar.

     Avtomobil maktabining ilk bitiruvchi “B” toifadagi 1-guruh tinglovchilari Andijon mashinasozlik instituti ma’muriyatiga hamda Avtomobil maktabi direktori G’ayratbek Akbarovga, hisobchi Mamurjon Saypidinovga, o’qituvchilar Asimjon Sarimsaqov, Ilxomjon Qosimov, Boburmirzo Xasanovlarga, Nazoratchi-mexanik Qodirjon Saloxiddinovga, Amaliy boshqaruv ustalari Dilyorbek Mo’ydinov, Abduqahhor To’raev, Doniyorbek Baxromov va Mashhurbek Akbarovlarga o’z minnatdorchiligini bildiradilar hamda Avtomobil maktabi jamoasiga viloyatimiz yoshlariga sohaga oid ta’lim-tarbiya hamda qimmatli bilimlarni berishdek mas’uliyatli va sharafli faoliyatiga ulkan zafarlar tilaydilar.