Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik instituti bo’yicha 2017/2018 o’quv yilida o’qishni bahorgi  semestrdan davom ettirish uchun talabalarni O’QISHNI KO’CHIRISH, QAYTA TIKLASH bo’yicha arizalarini qabul qilish 2017 yil 20 dekabrdan 2018 yil 20 yanvargacha institut ishchi guruhi tomonidan qabul qilinadi.

Xujjatlar o’quv – uslubiy bo’lim boshlig’i M. Jo’raxonovga taqdim qilinadi. Xujjatlar xar kuni soat 900 dan 1700 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 900 dan 1500 gacha) qabul qilinadi.

Izoh: Talabalar safidan chiqqanligi 5 yil va undan ortiq muudat bo’lgan sobiq talabalar xamda mos va turdosh bo’lmagan yo’nalishlarini ko’chirayotgan talabalar xujjatlarini Xududiy ishchi guruxga topshiradi. Xududiy ishchi gurux Andijon davlat Universitetida joylashgan.

Xududiy ishchi gurux manzili: Andijon shahar Universitet ko’chasi 129-uy.

Talabalar o’qishini qayta tiklash bo’yicha quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. Talabalar safidan chetlashtirilgan (yoki akademik ta’tilgan chiqqan) buyruqdan ko’chirma.
  2. Reyting daftaridan nusxa (dekan asliga to’g’ri degan imzosi va pechat qo’yilgan holda).
  3. YAshash joyidan ma’lumotnoma.
  4. Pasport nusxasi (asli ko’rsatiladi).
  5. Delo (ipli) va 10 dona list.
  6. Rektor nomiga ariza va izoh hati.