Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmoni ijrosini tahminlash maqsadida O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasining tashabbusi bilan Mashinasozlik institutida tahsil olayotgan talaba qizlarining o’rtasida “Qiz bola bo’lg’usi oila bekasi, kelajagimiz egasidir” shiori ostida joriy yilning  dekabr oyida turli shartlar bo’yicha bellashuv o’tkazildi. G’olib bo’lgan iqtidorli talaba qizlar 21 dekabr kuni “Taraqqiyot” televedeniyasida “Sanamlar sarvari” nomli ko’rsatuvda ishtirok etdilar.

Ko’rsatuv davomida talaba qizlar 3 ta shart bo’yicha o’z iqtidorlarini namoyon qildilar. Talaba qizlar o’zlarini tanishtirib bo’lgach 1-shart doira chertib yor-yor o’lanini kuylab berishdi.

 

Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti “Mashinasozlik texnologiyasi va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” yo’nalishi 1-bosqich talabasi Numonova Fazliya ishtirok etdi.

“Mashinasozlik” fakulteti “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nalishi 1-bosqich talabasi Atajonova Mohinur ishtirok etdi.

“Avtomatika va elektrotexnika” fakulteti “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar” yo’nalishi 3-bosqich talabasi Arifjonova Marg’uba ishtirok etdi.

2-shart bo’yicha chaqaloqni beshikka belash jarayoni olib borildi.

Ushbu shart davomida talaba qizlar tomonidan milliy qadriyatlarimiz, beshikning farzand salomatligi uchun ahamiyati haqida ma’lumotlar berib o’tildi va jarayon so’nggida qizlarimiz tomonidan alla kuylab berildi.

3-shart bo’yicha qizlarimizning pazandalik mahorati sinaldi.

Ushbu shartni ular xamirli taomlardan o’rama tayyorlab hakamlar xayati a’zolariga taqdim qildilar.

Tadbir yakunida ko’ratuvga taklif etilgan “ Mashxura ” o’quv markazining ekspertlari ya’ni tajribali qaynonalar tomonidan talaba qizlarning 3 ta shart bo’yicha bajargan ishlari odilona baholandi.

Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti “Mashinasozlik texnologiyasi va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” yo’nalishi 1-bosqich talabasi Numonova Fazliya  “Eng pazanda qiz” nominatsiyasiga,

Mashinasozlik fakulteti “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nalishi 1-bosqich talabasi Atajonova Mohinur “ Eng chaqqon qiz”  nominatsiyasiga,

Avtomatika va elektrotexnika  fakulteti  “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar” yo’nalishi 3-bosqich talabasi Arifjonova Marg’uba “Eng oqila qiz”nominatsiyasiga sazovor bo’ldilar.

Iqtidorli talaba qizlarimizni chiqishlaridan mamnun bo’lgan televideniya xodimlari va ekspertlar tomonidan atoqli yozuvchi Tohir Malikning “Kelinlar daftari” nomli kitobi sovg’a qilindi.