Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 15 dekabr kuni institutning 1-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida “Kafedra haftaliklari” tadbirlari doirasida institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi hamda “Texnologik mashina va jihozlar” kafedrasi bilan hamkorlikda “Tadqiqot loyihalarini fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasidagi o’rni” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi mudiri, dotsent N.Qobulova, kafedra dotsentlari I.Sulaymonov, A.Abdurahmonovlar mavzuga oid o’z ma’ruzlari bilan ishtirok etdilar.

SHuningdek, tadbirda O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar Vazirligi Kadrlar boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Q.Inog’omov ishtirok etib, talabalarga yong’inni kelib chiqish sabablari va uning oqibatlari, havfsizlik qoidalari xususida to’htalib o’tdi. Tadbir davomida Q.Inog’omov hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi tizimida olib borilayotgan islohotlar hamda kadrlarni qabul qilish masalalari bo’yicha ma’lumotlar berdi va talabalarning sohaga oid qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berdi.

Tadbir davomida talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni madaniy dam olishlarini ta’minlash maqsadida institutning “Quvnoqlar va zukkolar” Respublika tanlovining yarim final ishtirokchilari “Beklar” terma jamoasining chiqishlari namoyish etildi.

Tadbirda 186 nafar talabalar va 20 dan ziyod prrofessor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.