Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      2017 yil 19 dekabr kuni «Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash» bo`limi va “Ma`naviyat  va ma`rifat” bo`limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan guruh bilan birgalikda institut akademik litseyiga tashrif buyurib “Hasad emas, havas bilan yashang” mavzusida  yangi yil tadbiri o`tkazildi.

    Tadbir  institutning akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`yicha prorektor A.Ermatov, bo`lim uslubchisi Z.Maxammadjonov, “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova va institutning iqtidorli talabalari tomonidan o’tkazildi. Tadbirda litseyning 29 nafar pedagog o`qituvchilari va 450 nafar o`quvchilar  ishtirok etdilar.

     Ushbu tadbir avvalo, litsey o`quvchilari orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, ularni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm fan yutuqlarini puxta o’zlashtirgan sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirish, jinoyat uchun jazo muqarrarligini tushuntirish, dunyoviy, ilmiy va ahloqiy saviyasini oshirish ko`zda tutilgan.

   Institutning iqtidorli talabalari tomonidan tadbirning badiiy qismida kuy va qo’shiqlar ijro etildi hamda “Quvnoqlar va zukkolar” respublika 2017 yil yarim final bosqichi ishtirokchisi institutning “Beklar” terma jamoasi o`z chiqishlari bilan litsey ishtirokchilariga ko’tarinki kayfiyat ulashdilar.