Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       Institut rektorining 2017 yil 2 oktyabrdagi 541-sonli buyrug’ining ijrosini ta’minlash maqsadida institutning Akademik lisey va kasb-hunar ko`llejlari bilan ishlash bo’limi va Korea Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA) tomonidan taklif etilgan volontyor Choleon Von tomonidan institut akademik litseyining “Aniq fanlar” va “Xorijiy filologiya” yo’nalishining 3-kurs bitiruvchilarining 50 nafariga ingliz tilidagi “Informatika” fanidan “Dasturlash tili” bo’yicha qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etildi.

       Dars mashg’ulotlari bitiruvchilarni kelajakda o’z tanlagan mutaxassisliklari bo’yicha bilimlarini yanada oshirish va o’qishlarini davom ettirishi uchun to’g’ri yo’naltirish maqsadida o’tkazildi.

       Dars mashg’ulotlari davomida litsey bitiruvchilari tomonidan ingliz va koreys tillarida berilgan savollarga volontyor Choleon Von tomonidan atroflicha javoblar berildi.