Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

 

 

Ingliz tili orfagrafiyasi bo’yicha AQSh elchixonasi yanvar-fevral oylarida   “Spelling Bee” tanlovini e’lon qiladi.

Orfografiya tanlovining shartlari: bunda ishtirokchilar so’zlarni harfma-harf talaffuz qilishlari talab qilinadi, so’zlarning qiyinlik darajasi ortirilib boriladi. Shartlarni to’liq bajargan ishtirokchi g’olib hisoblanadi.

2018-yilning fevral oyida Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonada tanlovning Respublika final bosqichi o’tkaziladi. 2018-yilning mart oyida esa Olmaota shaxrida Markaziy Osiyoning tanlovi o’tkaziladi.

Tanlov ishtirokchilari bakalavr bosqichi talabasi bo’lishi talab qilinadi va yosh kategoriyasi 18-23 oralig’ida bo’lishlari shart. Ushbu tanlovda ishtirok etishni hoxlovchilar ADMI Xalqaro aloqalar bo’limiga murojat etishlari mumkin.

    

AQSh elchixonasi 01.12.2017 dan o’zining ta’lim va fan bo’yicha o’zining yuqori malakali mutaxassislarini “ FULLBRIGHT ” loyihasi doirasida 2 haftadan 6 haftagacha taklif qiladi.

Meditsina, injiner va texnika sohasidagi ekspertlar va konsultantlar mavjud bo’lib, hamma xarajatlar AQSh hokumati tamonidan qoplanadi. O’zbekiston tamon faqatgina turar joy va yashash xarajatlarini qoplashi talab qilinadi. AQSh hukumati bularni  qayta ko’rib chiqishi va o’z zimmasiga olishi ham mumkin.

AQSh mutaxassislari bakalaviriat va magistratura bosqichiga yangi ta’lim loyihalarini va ularni rejalashtirishga yaqindan yordam berishlari mumkin.

Barcha savollarga quyidagi manzildan javob olishingiz mumkin:

https://worldlearning-community.force.com/FSPHost