Institut rektorining 2017 yil 3 noyabrdagi 615-sonli buyrug’iga asosan 2017-2018 o’quv yilida o’quv jarayoni sifatini ta’minlash maqsadida institutda 2017 yil 6 noyabrdan boshlab ishchi guruh tomonidan professor-o’qituvchilarning darslari tahlillari olib borilmoqda.
Har hafta davomida 2 tadan kafedraning barcha professor-o’qituvchilarining darslari quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o’rganildi:
- o’qituvchining intizomi – darsning o’z vaqtida boshlanishi va tugatilishi;
- o’tilayotgan fan bo’yicha nazariy bilimlarni, amaliy ko’nikmalarni va o’qitiladigan fanning zamonaviy tendentsiyalarini egallaganlik darajasi;
- o’qitish sifati darajasi, o’qitishda kompyuter-axborot va ta’lim texnologiyalaridan foydalanish darajasi;
- fan bo’yicha namunaviy va ishchi o’quv dasturlarining, o’quv-uslubiy majmua va o’quv-taqdimot materiallarining ishlab chiqilganligi;
- o’qituvchining tashqi qiyofasi va kiyinish madaniyati;
- talabalar davomati, faolligi va konspektlarining mavjudligi.
Hozirgi kunga qadar institutdagi 18 kafedradan 8 tasi o’rganildi.
Ishchi guruh tomonidan o’rganish natijalarining faollar yig’ilishida muhokamasini muntazam va tizimli ravishda amalga oshirish belgilab qo’yilgan.