Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2017 yil 12 dekabr kuni institutning 2-talabalar turar joyida yoshlarning reproduktiv salomatligini ta’minlash maqsadida “Giyohvandlik umr zavoli” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

       Davra suhbatida institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti yetakchisi B.Safarov va institut shifokori E.Xoldarovalar ishtirok etdilar hamda talabalarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari, OIV va OITSning inson hayotiga havfi va kelib chiqish sabablari hamda yoshlar orasida sog’loom turmush tarizini targ’ib etish xususida suhbatlar o’tkazildi.

    Tadbir avvalida O’zbekiston teleradiokompaniyasi tomonidan tasvirga olingan talaba-yoshlar orasida giyohvandlik va uning salbiy oqibatlarini oldini olishga qaratilgan “Adashganlar qismati” videoroligi namoyish etildi.

       Shuningdek, talaba-yoshlarning qishki ta’til davrida bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni fan va sport to’garaklariga muntazam qatnashib borishlarini ta’minlash maqsadida institutda tashkil etilgan to’garaklar va ularning faoliyati xususida talabalarga ma’lumotlar berildi.

      Tadbir davomida talabalarning mavzuga oid bergan savollariga yig’ilish ishtirokchilari tomonidan javoblar berildi. Tadbirda 48 nafar talabalar ishtirok etdilar.