Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 5-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida ERASMUS+ dasturi doirasida oliy talim bo’yicha ekspertlarning “Oliy talim taraqqiyoti istiqbollari” mavzusidagi yillik seminar bo’lib o’tdi. Seminarda oliy talim bo’yicha ekspertlar (NERE) ning faoliyatlari, ularning xalqaro o’quv seminarlari va natijalari tahlil qilindi. ERASMUS+ dasturining 2018 yil uchun yangi tanlovi va O’zbekiston OTM lari ishtiroki uchun ochiq bo’lgan ERASMUS+ 4-tanlovining har bir yo’nalishiga oid yangiliklar haqida malumotlar berildi. Oliy talim bo’yicha ekspertlarning 2017 yilda nashr etilgan “Oliy talim tarraqiyoti istiqbollari” nomli yillik jurnalning taqdimoti bo’lib o’tdi.

2017 yil 6-dekabr kuni Samarqand iqtisodiyot va i servis institutida ERASMUS+ dasturi doirasida “ERASMUS+ xalqaro kredit mobilligi: ilmiy tadqiqotlar hamda talim sifatini oshirishdagi o’rni” mavzusida birinchi ilmiy-amaliy konferentsiya tashkil etildi. Konferentsiyada ishtirokchilar o’zlarining ERASMUS+ xalqaro kredit mobilligi dasturi doirasida erishgan bilim va ko’nikmalari hamda ularni oliy talim sifatini yaxshilashdagi ahamiyati mavzusida tayyorlagan maruzalari bilan ishtirok etishdilar. SHuningdek, Andijon mashinasozlik instituti “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menedjmenti” kafedrasi ikkinchi bosqich magistranti Nishonov Voxobjon ham o’z maruzasi bilan ishtirok etib “Oliy ta’lim tizimiga eng muvaffaqiyatli joriy etilgan natija” nominatsiyasi bo’yicha g’olib deb topildi va diplom bilan taqdirlandi .