Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2017 yil 12 dekabr kuni institutning katta anjumanlar zalida “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi va “Xorijiy tillar” kafedrasi hamkorligida “High educations should be free or should not?” mavzusida munozara o’tkazildi.

       Ushbu o’tkazilgan munozarada institutning Avtomatika va elektrotexnika fakultetining 1-kurs talabalaridan tashkil topgan “United debators” jamoasi hamda Andijon shahrida joylashgan o’quv markazi tinglovchilari tarkibidan iborat “Dream catchers” jamoasi ishtirok etdilar.

       Tadbir qizg’in muhokamalarga boy tarzda o’tkazildi hamda jamoalar mavzuga oid o’z fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar.