Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi hamda mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo’shayotganligi uchun institutning bir guruh yetakchi professor-o’qituvchilari «O’zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

       Andijon mashinasozlik instituti jamoasi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy-ilmiy, ma’naviy salohiyatini, jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do’stlik va totuvlikni asrash, asosiy Qonunimizning hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini keng targ’ib etish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo’shgan Andijon mashinasozlik institutining rektori, texnika fanlari doktori Salomov Uktam Raximovich, iqtisod fanlari doktori, professor Sotvoldiev Abdulaziz Abdumo’minovich, iqtisod fanlari doktori, professor Muftaydinov Qiyomidin Hamdamovich, tarix fanlari doktori, professor Abdullaev Ulug’bek Saydanovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Nazarov Muxitdin Nazarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent Abduraxmanov Abdurashid Otaxonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent Ergashev Sultanmurad Xujamovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent Akbarov Xatam Ulmasalievich hamda texnika fanlari nomzodi, dotsent Sobirov Xolxo’ja Abbazovichlarni muborakbod etadi.