Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      Bugungi kunda ushbu ACM ICPC Universitet talabalari o’rtasida dasturlash bo’yicha jahon chempionatlari nafaqat dunyodagi axborot texnologiyalari sohasi bo’yicha ta’lim beruvchi yetakchi oliy o’quv yurtlari o’qituvchi va talabalarining,balki, Google, Facebook, Amazon va boshqa ko’plab dunyoning yirik grand kompaniyalarining fikricha ham dunyoda eng yuqori maosh to’lanuvchi sohalarga ishga joylashish uchun eng qulay sharoitdir.

      Ko’p yillar davomida ushbu olimpiadada ishtirok etish va g’alabalar yirik kompaniyalar rekruterlarini jalb qiladi. Ehtimol, eng asosiysi balki shu va shunga o’xshash boshqa olimpiadalarning maqsadi  ham g’ayritabiiy vaziyatlarda tezkor tafakkur va qarorlarni qabul qilish qobiliyatini rivojlantirishdir.

      Boshqa tomondan, bunday tanlovlarda talabalarning ishtiroki oliy o’quv yurtining nafaqat mamlakat ichida, shuningdek, jahon miqyosida ham rivojlanish ko’rsatkichini  belgilab beradi.Quvonarlisi shundaki, ushbu jahon olimpiadada Andijon Mashinasozlik Institutining 2 jamoasi “Machine-Building zbx” – jamoasi (murabbiy Sarimsaqov Xamidjon, Mamajonov Begzodbek, Iminov Navro’z, Abduxalilov Mirzoxid), “Machine-Building JFQ” – jamoasi (murabbiy Tojiboev G’ayratjon, Xamraqulov O’tkirbek, Jumaboev Farxod, Toxirov Qudratbek) kompyuterda dasturlash bo’yicha ACM ICPC jahon chempionatining Respublika bosqichi – chorak finalida muvaffaqiyatli qatnashib Qozog’iston Respublikasi Olma-ota shahrida o’tkaziladigan  ACM ICPC Universitet talabalari o’rtasida dasturlash bo’yicha 41-jahon chempionatining yarim final bosqichida qatnashish yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

      Chempionat tashkiliy qo’mitasi raisi F.A.Gadjievning taklifiga binoan jamoalarimiz joriy yilning 2-3-dekabr kunlari Qozog’iston Respublikasi Olmaota shaxridagi Qozog’iston-Britaniya Texnika Universitetida chempionatning yarim final musobaqalarida faol qatnashdilar.

      Bu olimpiadada ishtirokchilarga jami 12 ta masala beriladi. Masalalarni yechish uchun 5 soat vaqt beriladi. Xalqaro dasturchilar olimpiadasi ACM ICPC Programming 2017-2018 Northern Eurasia Programming Contest da dunyo mamlakatlari oliy ta’lim muassasalari talabalaridan iborat jami 450 ta jamoa ishtirok etdi.

       2 dekabr kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha kelgan jamoalar ro’yhatdan o’tkazilib, 15:00 dan 17:00 gacha ochilish ma’rosimi bo’lib o’tdi. 17:00 dan 18:00 gacha jamoalar ishtirok etish shartlari va joylari bilan tanishib chiqdilar.

      3 dekabr kuni 12:00 da olimpiada boshlandi. 17:00 da olimpiada yakuniga yetdi. 18:00 da natijalar e’lon qilindi va g’oliblar taqdirlandi.