Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 6 dekabrdagi 87-03-3167-sonli modemnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yil 9 dekabr kuni institutning katta anjumanlar zalida 9 dekabr – “Korruptsiyaga qarshi kurashish xalqaro kuni” munosabati bilan huquq tartibot organlari xodimlari ishtirokida “Ta’lim muassasalarida korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

      Uchrashuvda Andijon shahar IIB huquqbuzarlik profilaktikasi bo’limi tayanch punkti yoshlar masalalari bo’yicha o’rinbosar, kapitan I.Qahhorov, Andijon shahar IIB huquqbuzarlik profilaktikasi bo’limi tayanch punkti profilaktika inspektori, katta leytenant F.YUldashevlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

      Tadbirda jami 20 dan ziyod professor-o’qituvchilar hamda 193 nafar talabalar ishtirok etdilar. Tadbir Andijon viloyat televideniyasi tomonidan tasvirga olindi.