Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2017 yil 9 dekabr kuni institutning katta anjumanlar zalida 9 dekabr – “Korruptsiyaga qarshi kurashish xalqaro kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar” kuni tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida “Institut hayoti – talaba nigohida” mavzusida institut rektori bilan talabalarning ochiq muloqoti o’tkazildi.
       Ochiq muloqotda institut rektori tomonidan institut professor-o’qituvchilari, ishchi xodimlari va talabalari orasida korruptsiyani oldini olish, 2017-2018 o’quv yilining qishki semestri yakunlanayotgan davrda bunday nohush holatlarga yo’l qo’yilmaslik va bunday huquqbuzarlikka yo’l qo’yganlarga jazo muqarrarligi xususida to’htalindi.
   Shuningdek, yig’ilishda institut tomonidan talabalarga yaratilayotgan sharoitlar, o’quv jarayonida yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar, talabalar turar joylarida va ijarada istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoitlari to’g’risida muhokamalar tashkil etildi.
       Yig’ilish davomida talabalar tomonidan o’quv jarayoni, fan va sport to’garaklari faoliyati, qishki ta’til davrida talabalarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yo’nalishida berilgan savollariga institut rektori tomonidan atroflicha javoblar berildi.
       Ochiq muloqotda “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti yetakchisi hamda jami 250 dan ziyod talabalar ishtirok etdilar.