Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2017 yil 11 dekabr kuni Mashinasozlik fakultetining anjumanlar zalida Andijon shahrida joylashgan 96609-sonli va 33171-sonli harbiy qismlar bilan hamkorlikda “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Vatan himoyasi muqaddas burch” mavzusida uchrashuv o’tkazildi.
       Uchrashuvda Andijon shahrida joylashgan 96609-sonli harbiy qism Harbiy vatanparvarlik, ma’naviy tarbiya va yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosar, kapitan Z.Xolmirzaev, Andijon shahrida joylashgan 33171-sonli harbiy qism Harbiy vatanparvarlik, ma’naviy tarbiya va yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosar, mayor V.Ibragimov, 33171-sonli harbiy qism Tashkiliy safarbarlik bo’limi boshlig’i, mayor A.Mamadaliev, 33171-sonli harbiy qism guruh komandiri P.Xamdamov, 33171-sonli harbiy qism Qurolli kuchlar ishchi xizmatchisi S.Sulaymonova, 33171-sonli harbiy qism muddatli harbiy xizmatchisi, oddiy askar A.Rajabovlar o’zlarining mavzuga doira ma’ruzalari va fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdilar.
       Tadbir davomida uchrashuv mehmonlari talabalarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berdilar. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi. Uchrashuvda 20 dan ziyod professor-o’qituvchilar va 186 nafar talabalar ishtirok etdilar.