Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

8 dekabr – “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” munosabati bilan  2017 yil 6 dekabr kuni institutning katta anjumanlar zalida turli yo’nalishlarda Davlat mukofotlari sohiblari, olimpiada g’oliblari, sport musobaqalari oltin medal sohiblari hamda ma’naviy-ma’rifiy tanlovda yutuqlarga erishgan institutning iste’dodli talabalari bilan Avtomatika va elektrotexnika fakultetida tahsil oluvchi talabalar ishtirokida “Xasad emas, havas qiling!” mavzusida uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvda O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov, “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, Xotin-qizlar Qo’mitasi raisi R.YUsupova, “Olima” ayollar uyushmasi raisi M.Umarovalar ishtirok etdilar.

Tadbirda prorektor Q.Ermatov talabalarni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi bilan muborakbod etib, talabalarni bilim olishlari, ularni iste’dod va qiziqishlarini namoyon etish hamda kelajakda o’z kasbining yetuk mutaxassisi bo’lib kamol topishlari uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar mavjudligi va ulardan to’laqonli foydalanish har bir yoshlarning o’z qo’lida ekanligini uqtirib o’tdi.

SHuningdek, prorektor Q.Ermatov 2017 yil oktyabr oyida Amerika Qo’shma shatatlarida tajriba almashib kelganligi va u yerda ta’lim tizimida olib borilayotgan jarayonlar xususida o’zining taqdimotini namoyish etdi.

Tadbir davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibi N.Turdialiyeva, Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi S.YUsupov, Qozog’iston respublikasida o’tkazilgan sportning “Belbog’li kurash” xalqaro musobaqasining oltin medali sohibi J.Saidkamolov, “YAgonasan muqaddas Vatan!” Respublika qo’shiqlar tanlovining viloyat bosqichi g’olibi A.Qosimovlar so’zga chiqdilar.

 

Institut talabalari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi va “Beklar” QVZ jamoasining chiqishlari barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag’ishladi. Tadbirda jami 214 nafar talabalar ishtirok etdilar.