Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Tadbir “Mashinasozlik” fakulteti hamda “O`zbekiston tarixi” kafedrasi bilan xamkorlikda tashkil etildi. Tadbirda “Mashinasozlik” fakulteti dekani M.Qo`chqorov, dekan o`rinbosari R.Ataxanov va “O`zbekiston tarixi” kafedrasining professor o`qituvchilari – t.f.d professor U.Abdullayev, t.f.n dotsent D.Iymanova, assistent N.Buvaqovlar hamda fakultet talabalari ishtirok etdilar.

Mazkur tadbirni tabrik so`zi bilan fakultet dekani M.Qo`chqorov ochib berdi. Shundan so`ng U.Abdullaev, D.Iymanovalar talabalarga asosiy qonunimiz bo`lgan O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyaning  hayotimizdagi ahamiyati va ro`li to`g`risida so`zlab berdilar.

Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ushbu konstitutsiyani  qabul qilinishining ijodkori va tashabbuskori ekanligi to`g`risida fakultetning «Ma’naviy va ma’rifiy» ishlar bo’yicha dekan o`rinbosari R.Ataxanov ma’ruza qilib berdi.

Muallif: Fakultet dekani o`rinbosari R.Ataxanov