Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik instituti EUTTyo’nalishi, 2kurs talabasi Begaliyev Nozimjon.

Ilmiy rahbar: “O’zbekiston tarixi” kafedrasi katta o’qituvchisi Feruza Taylyaqova 

Mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasining yaratish g’oyasi ilk marta 1990 yil 24 martda Oliy Kengash o’n ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida ko’tarilgan edi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyixasini tayyorlash bo’yicha 64  kishidan    iborat komissiya tuzildi. Birinchi prizidentimiz Islom Karimov Konstitutsiyasiyaviy komissiya ish boshlashi bilan mamlakatimizning o’ziga xos jixatlarini va xususiyatini munosib ravishda aks etiradigan, xalqaro standartlarga to’liq javob beradigan, jaxon tajribasini  demokratiya va eng rivojlangan mamlakatlar konstitutsiyaviy qonunchiligi erishgan yutuqlarini inobatga oladigan asosiy qonun loyixasini tayyorlashga bevosita rahbarlik qildi.
Islom Karimov boshchiligidagi olimlar, mutaxassislar xorijiy ekspertlar konstitutsiya loyixasi ustida ikki yarim yil davomida tinimsiz mexnat qildilar.

Taqdir Birinchi Prizidentimiz Islom Karimov zimmasiga jamiyatning murkakkab ichki va tashqi siyosiy sharoitlarida ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy va davlat xuquq sohasidagi masalalarni xal qilishda jamiyatni katta o’zgaruvchisi bo’lishdek nixoyatda og’ir vazifani yukladi. Ushbu vazifani amalga oshirishda birinchi Prizidentimiz Buyuk davlat va jamiyat arbobi istedotliy siyosiy yetakchi sifatida namoyon bo’ldi. YAngi konstitutsiyani yaratilishida, muhokama qilinishida va qabul qilishida birinchi Prizidentimiz Islom Karimovning yuksak xizmatlarini aloxida ta’kidlash lozim Islom Karimov nafaqat Konstitutsiyani ishlab chiqish tashabbuskori, loyixa tayyorlash ishlariga rahbar balki asosiy komusimizni moxiyati, falsafasi asosiy g’oyalarining muallifidir. Islom Karimov konstitutsiyani xar bir

moddasini aqli va yuragi bilan xis etdi, va  takomillashtirdi.
        Konstitutsiya loyixasini tayyorlash borasidagi barcha ishlar Birinchi Prizidentimiz Islom Karimovning bevosita rahbarligida amalga oshirildi. Loyihani tayyorlash chog’ida Osiyo, yevropa va Amerika mamlakatlarini aniqroq aytadigan bo’lsak jaxonning 97 davlatlarining Konstitutsiyalari o’rganib chiqildi, inson huquklariga oid boshqa xalqaro xujjatlarini inobatga olingan xolda tayyorlandi.

Xususan yangi Konstitutsiyamizni to’rta loyixasi tayyorlandi, komissiya tomonidan uchinchi loyixaga 63 ta, to’rtinchi loyixaga 77 ta printspial o’zgartirish va muhim qo’shimchalar kiritildi. YUrtboshimiz kiritgan aniqliklar, tuzatishlar juda xam muxim edi. Ular davlat rahbarini siyosiy donoligini, xuquq soxasini chuqur bilishidan yaqqol dalolat berar edi,
          Birinchi Prizidentimiz Islom Karimov Konstitutsiya loyixasiga ayollar va erkaklarni tent xuquqligini, onalik va bolalikni muxofaza qilishini, madaniy yodgorliklar davlatni ximoyasida bo’lishligi xaqidagi moddalar bilan to’ldirilishni taklif qildi. Asosiy e’tiborni inson va fuqarolarni  xuquqlari, erkinliklari va burchlari xaqidagi moddalarni mustaxkamlashga qaratdi.
         Birinchi Prizidentimiz Islom Karimov Konstitutsiya loyixasini birinchi marta umumxalq  muhokamasiga e’lon qilungunga qadar to’rt marta (1992 yil 26 sentyabr) keyinchalik yana ikki marta (1992 iil 4 noyabr) taxrir qildi. Muxokamada mamlakatimiz katta yoshdagi axolisiining deyarli barchasi ishtirok etdi. Matbuotda, radioeshitirishda va teleko’rsatuvlarda qizg’in baxs munozaralar bo’ldi. Ko’plab uchrashuvlar o’tkazildi,  konstitutsiya loyihasiga doir masalalar bo’yicha suxbatlar anjumanlar tashkil qilindi. Fuqarolardan kelib tushgan taklif va mulohazalarni o’rganib chiqib, Oliy Kengash Sessiyada avval loyihani yana bir bor mukammal ko’rib chiqdi. SHunday kilib konstitutsiya loyixasi Birinchi Prizidentimiz Islom Karimov  tomonidan yetti marta taxrir qilib chiqqandan keyingina, Respublikamiz Oliy Kengash Sessiyasi muxokamasiga taqdim etildi.
         Konstitutsiya loyixasini ishlab chiqish muxokamasi va qabul qilish jarayoni Islom Karimovning “Konstitutsiya davlatni -davlat, millatni-millat sifatida dunyoga tanitadigan komusnoma bo’lganligini, xalkqimizni irodasini, ruxiyatini, ijtmoiy ongi va ijodining maxsuli” ekanligi to’g’risidagi xulosalarni naqadar to’g’ri ekanligini ko’rsatadi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyani tayyorlashda Birinchi Prizidentimiz xizmatlari xaqida Rossiyalik siyosatshunos olim N. Mishin O’rta Osiyo bo’yicha tanikli olim professor Levitin o’z asarlarida O’zbekiston Respublikasining 1992 yilgi Konstitutsiyasi jaxondagi ilgor demokratik davlatlar Konstitutsiyalari bilan bir qatorda turganligi va bunda Islom Karimovni yuksak xizmatlarini e’tirof etdilar.

Jumladan, Amerikalik professor Donald Karalayn “O’zbekistan va O’rta Osiyo istiqboldagi o’tmish va xozirgi kun” nomli kitobida “Islom Karimov Konstitutsiyasi” deb nomlangan bo’lim  mavjud bo’lib bo’limda uni yaratishida Birinchi Prizidentimizni yuksak xizmatlarini e’tirof etib tom ma’noda konstitutsiyani ijodkori ekanligini ko’rsatib o’tdi.
         Asosiy qonunimiz mana 25 yildirki Vatanimiz istiqboli
yo’lida mustaxkam xuquqiy asos bo’lib mamlakatimiz taraqkiyotini yuksaltirish, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy ma’naviy, siyosiy xuquqiy xayotimizni mustaxkamlashda beqiyos o’rin tutmoqda. O’tgan yillar davomida mazkur xujjatga bir, necha marta muxim o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Konstitutsiya mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qonun ustuvor bo’lgan kuchli fuqkarolik jamiyatini qaror toptirish, yurtimizni dunyodagi nufuzli yanada oshirishda dasturulamal xujjat vazifasini o’tab kelmokda.
            O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddima, 6 bo’lim  26 bob 128 moddadan iborat. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyani qabul qilish nisholash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun 8-dekabr umumxalq bayrami – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni deb e’lon qilindi.

2001 yil 4 yanvarda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganishni tashkil etish to’g’risida” Prizident Farmoishi chiqdi. Farmoish asosida barcha ta’lim muassasalarda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyani o’rganish yo’lga qo’yilgan.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xozirgi vaqtda inson xuquq va erkinliklarini oliy qadriyat deb tan olgan eng ilg’or, demokratik konstitutsiyalardan biri ekanligini isbotlab turibdi.

 

OLYMPUS DIGITAL CAMERA