Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 1 dekabr kuni institutning anjumanlar zalida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan “Qonun ustuvor bo’lgan yurt yoshlarining kelajagi porloqdir” mavzusida anjuman o’tkazildi.

Anjumanda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati T.Karimov, Mashinasozlik fakulteti, “EUTT” yo’nalishi, 2-kurs talabasi N.Begaliyev, “O’zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, dotsent M.Karimova, Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti, “EUTT” yo’nalishi, 3-kurs talabasi M.Hamdamjonova, “O’zbekiston tarixi” kafedrasi assistenti Z.G’ofurov, “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqovalar mavzuga oid ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Anjumanda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati T.Karimov ishtirok etib, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun ijodkorligi to’g’risida yig’ilganlarga ma’lumotlar berdi. SHuningdek, respublikamizda ta’lim tizimiga, ayniqsa yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularga yaratib berilayotgan sharoitlar xususida to’htaldi.

Tadbir so’nggida ma’ruzachilariga institut talabalari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Tadbirda 156 nafar talabalar hamda 15 nafar professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.