Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil – “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan  2017 yil 1 dekabr kuni institutning 1-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar o’rtasida “Xasad emas, havas qiling!” mavzusida uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvda institut rektori U.R.Salomov, Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor B.Mamadjanov, AL va KHKlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.Ermatovlar ishtirok etdilar hamda talabalarning talabalar turar joyidagi faoliyati, yashash tarzi, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar, darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ular orasida huquqbuzarlik, jinoyatchiliklarni oldini olish bo’yicha tushuntirish ishlarini olib bordilar.

SHuningdek, tadbirda institutda tahsil oluvchi nomdor stipendiya sohiblari, xalqaro va respublika sport musobaqalari g’olib va sovrindorlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etayotgan iste’dodli talabalar ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga o’zlarining erishgan yutuqlari hamda kelgusidagi oldiga qo’ygan maqsadlari xususida so’z yuritdilar.

Tadbir davomida uchrashuvda ishtirok etgan talabalar o’tkazilgan tadbir xususida o’zlarining takliflari, fikrlari va mulohazalari bilan o’rtoqlashdilar. Tadbirda jami 168 nafar talabalar ishtirok etdilar.

?

?

?

?

?

?

?

?