Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

         O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi 2326-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar o’rtasida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun tanlov o’tkazildi.

Joriy yilning 23-noyabr kuni Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlar saralash tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Bunda iqtidorli qizlarning adabiyot, fan, ta’lim, madaniyat va san’atni rivojlantirishdagi yutuqlarini rag’batlantirish, tengdoshlarning milliy istiqlol g’oyalari va madaniy-ma’naviy qadriyatlarga e’tiqodini yuksaltirish yo’lidagi ibratli faoliyati, a’lo xulqi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o’qishdagi muvaffaqiyatlari bilan alohida itde’dodini namoyon qilib ta’lim olayotgan eng iqtidorli va munosib nomzodlar saralanib olindi. 200 nafarga yaqin ishtirokchi qizlardan 23 nafari viloyat bosqichida muvaffaqiyat qozonib, respublika bosqichiga yo’llanma oldilar. Bu bosqichda qizlarning bilimi, iqtidori, o’zining yo’nalishida erishgan yutuqlari, ijtimoiy hamda sport sohasidagi faolligi inobatga olingan holda baholandi.

Andijon Mashinasozlik instituti III bosqich talabasi Xamdamjonova Mohinur fan yo’nalishining texnika sohasi bo’yicha o’z iqtidorini ko’rsatib, viloyat bosqichida ishtirok etdi. O’zininng ilmiy ishi va maqolalari, ijtimoiy sohadagi faolligi, sport hamda jurnalistika sohasidagi yutuqlari hay’at a’zolari tomonidan yuqori baholanib, respublika bosqichida qatnashish uchun munosib deb topildi. Respublika bosqichiga yo’llanma olgan 23 nafar nomzodlar Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlar tavsiya etish viloyat kommisiyasi raisi Manzura YUnusova tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Hozirgi kunda g’oliba qizlar ushbu yo’nalishning Respublika bosqichida qatnashish uchun tayyorgarlik ko’rmoqdalar.