Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 1 dekabr kuni institutning anjumanlar zalida Atoqli davlat arbobi va yozuvchi SHarof Rashidov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Millatimiz iftixori” mavzusida ilmiy seminar o’tkazildi.

Ilmiy seminarni institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova olib bordi.

O’tkazilgan ilmiy seminarda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori, i.f.d. Q.Muftaydinov “Sharof Rashidovning davlat arbobi sifatidagi faoliyati” mavzusida, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, dotsent, i.f.n. G.Bazarova “Sharof Rashidovning bunyodkorlik ishlari” mavzusida, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti, f.f.n. M.Nazarov “Sharof Rashidovning adabiy merosi” mavzusida hamda Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti, “Iqtisodiyot” yo’nalishi, 3-kurs talabasi M.Umaraliyeva “Sharof Rashidov – millatimiz iftixori” mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Ilmiy seminarda jami 210 dan ziyod talabalar qatnashdilar. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.