Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2017 yil 28 noyabr kuni institutning Mashinasozlik fakulteti anjumanlar zalida “Er usti transport tizmilari” kafedrasi professor-o’qituvchilari ishtirokida “Kafedra kunlari” doirasida 2-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar o’rtasida “Transport vositalarini ekspluatatsiya qilishdagi muammolar va yechimlar” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor N.Ikromov, Mashinasozlik fakulteti dekani M.Qo’chqarov va “Er usti transport tizimlari” kafedrasining professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar.

Shuningdek, tadbirda kafedraning yosh o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan boshqotirma savollaridan tayyorlangan tanlovlar o’tkazildi hamda g’olib bo’lgan talabalar institut rektorining Faxriy YOrlig’i bilan taqdirlandilar.

Tadbirning badiiy qismida “Quvnoqlar va zukkolar” respublika yarim final bosqichi ishtirokchisi institutning “Beklar” terma jamoasi o’zlarining quvnoq chiqishlari bilan ishtirok etib, barcha ishtirokchilarga ko’tarinki kayfiyat ulashdilar.

Tadbirda jami 190 dan ziyod talabalar hamda 42 nafar professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.